TTA DAVOLASH FAKULTETINING 1-SON FAKULTET VA GOSPITAL TERAPIYA, KASB PATOLOGIYASI KAFEDRASINING “USTOZIM HAYOTIM CHIROG‘I” 1 OKTYABR – “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI”GA bag‘ishlangan tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirni Agzamova G.S. va Midasov M.M ochib berdilar. Keyin so‘z kafedra o‘qituvchisi Tashmuhammedova M.K. va assistentlar Kenjaboev D.K., Abdiyeva Yu.A., Ibragimova N.U. ga berildi va ular “Ustoz va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlangan “Ustozim hayotim chirog‘i” mavzusi haqida so‘zlab o‘tdilar.

Xalqimizda “Ustoz – otangdek ulug‘”, degan hikmat bor. Ha, otaday ulug‘ deb nisbat beriluvchi inson, bu – ustozdir. Zero, ota-ona farzandni voyaga yetkazadi, ustoz esa unib- o‘sishi, kamolatga erishishi, ilm-ma’rifat cho‘qqilarini zabt etishiga ko‘maklashadi. O‘z umri, qalb qo‘ri, aql-idroki, tajribasi va bilimini sarf etadi. Abdulla Avloniy “Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir”, deb yozgan edi.

Ustoz, murabbiy, o‘qituvchi – bu so‘zlarni eshitganimiz sari ko‘z oldimizda ma’suliyatli kasb egalari, yillar davomida o‘quvchilarga bilim berib ko‘zidan nuri ketgan, sochlariga oq oralagan insonlar gavdalanadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, bu kasb egalarini boshqacha hurmat qilishadi, e’zozlashadi.

Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hyech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo‘ladi. Ustozlarimiz o‘giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilib borsak, aslo kam bo‘lmaymiz. Bu bilan ustoz va murabbiylarimiz oldidagi ilk burchimizni ado etgan bo‘lamiz. Inson, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning o‘tgan 2020 yilda “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan yurtimizdagi barcha muhtaram ustoz va murabbiylarga yo‘llagan tabrigidagi so‘zlardan iqtiboslar keltirildi.

…Bugun siz, azizlar bilan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami arafasida uchrashib turganimdan baxtiyorman.

… Ulug‘ shoirimiz mavlono Furqat ilm-ma’rifatni ko‘ngillarning sururi, ko‘rar ko‘zlarning nuri, deb ta’riflaganini hammamiz yaxshi bilamiz. Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi. Men bugun bildiradigan fikrlarni, avvalo, hurmatli muallim va o‘qituvchilarga, qadrli tarbiyachilarga, barcha jonkuyar ziyolilarimizga yo‘llangan murojaat sifatida qabul qilishingizni istardim.

… Buyuk davlat arbobi Indira Gandining “Bitta qiz bolani o‘qitsangiz, butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz”, degan so‘zlarida katta hayotiy haqiqat borligini albatta hammamiz yaxshi tushunamiz. Shuning uchun joriy yilda qishloq joylarda yashayotgan, kam ta’minlangan oilalarga mansub qizlarimiz oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limida davlat granti asosida o‘qishlari uchun 940 ta o‘rin ajratdik.

O‘ylaymanki, qizlarimiz uchun yaratilgan bunday qo‘shimcha imkoniyat yana yuzlab oilalarga bilim va ma’rifat nurini olib kiradi. Bu, o‘z navbatida, yosh qizlarimizning kelajakda jamiyat uchun munosib kasb egalari bo‘lib kamol topishiga puxta zamin yaratadi. Biz bu boradagi ishlarimiz ko‘lamini bundan keyin ham yanada ko‘paytirib boramiz.

Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq.

“Islom madaniyatining oltin asri” deb e’tirof etiladigan bu davrda ona zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Abul Mu’in Nasafiy kabi ulug‘ ulamolar butun musulmon olamining faxru iftixori va cheksiz g‘ururi hisoblanadi. O‘z ma’ruzalarini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning quyidagi so‘zlari bilan yakunladilar:

Men yangi O‘zbekistonni – obod va farovon, demokratik mamlakatni barpo etishda siz, muhtaram pedagoglarni, professor-o‘qituvchilarni o‘zim uchun eng katta kuch, tayanch va suyanch, deb bilaman. Sizlarning hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatingizni qo‘llab-quvvatlash, sizlar uchun munosib mehnat va turmush sharoiti yaratib berishni Prezident sifatida o‘zimning muqaddas burchim, deb hisoblayman. Ma’ruza talabalarda o‘zgacha ta’surotlar qoldirdi.

 

 

Kafedra mudiri, t.f.d., dotsent:                                                       Nabiyeva D.А.

 

Ustoz – shogird ishlari boʼyicha masʼul:                                         Ganiyeva N.А.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.