Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti 1-son fakultet va gospital terapiya, kasb patologiyasi kafedrasining Olmazor tumani “Guruchariq” mahallasida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi davolash fakultetining 1-son fakultet va gospital terapiya, kasb patologiyasi kafedrasi xodimlari tomonidan Olmazor tumani “Guruchariq” mahallasiga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif chog‘ida kafedra professor va o‘qituvchilari tomonidan shu mahallaga qarashli hudud aholisini ko‘rikdan o‘tkazishdi va og‘ir muammoli bemorlarni konsultatsiya qilishdi.
Mahalla aholisiga kafedra xodimlari tomonidan mavjud kasalliklari bo‘yicha zarur maslahat va tavsiyalar berildi.
№ | Nozologiyalar | Soni |
1 | Yurak ishemik kasalligi. Stabil zo‘riqish stenokardiyasi | 9 |
2 | Yurak ishemik kasalligi. Infarktdan keyingi kardioskleroz. | 3 |
3 | Qandli diabet | 6 |
4 | Gipertoniya kasalligi. Simptomatik arterial gipertenziya | 3 |
5 | Surunkali yurak revmatik kasalligi. Orttirilgan yurak nuqsonlari | 3 |
6 | Yurak aritmiyalari va qamallari | 4 |
7 | Osteoartroz | 7 |
8 | Surunkali yurak yetishmovchiligi | 5 |
9 | Surunkali buyrak kasalligi | 3 |
10 | Surunkali pielonefrit | 4 |
11 | Surunkali o‘pka obstruktiv kasalliklari | 4 |
12 | Surunkali xoletsistit | 7 |
13 | Surunkali gastrit | 4 |
14 | Jigar sirrozi | 1 |
Kо‘rik yakunida mahalla raisi va faollari kafedra xodimlariga chuqur minnatdorchilik bildirishdi va kasbiy faoliyatida omad va zafarlar tilab qolishdi.
Kafedra mudiri, t.f.d., professor: Nabiyeva D.A.
Ustoz – shogird ishlari boʼyicha masʼul: Ganiyeva N.A.