Toshkent Tibbiyot Akademiyasi davolash fakultetining 1-son fakultet va gospital terapiya, kasb patologiyasi kafedrasi xodimlari tomonidan Olmazor tumani “Guruchariq” mahallasiga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif chog‘ida kafedra professor va o‘qituvchilari tomonidan shu mahallaga qarashli hudud aholisini ko‘rikdan o‘tkazishdi va og‘ir muammoli bemorlarni konsultatsiya qilishdi.