Hurmatli hamkasblar!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-davolash fakulteti
1-son fakultet va gospital terapiya, revmatologiya, kasb patologiyasi kafedrasi ochiq darsga taklif etadi.
2026 yil 14 aprel kuni soat 8.00 da Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi, 9-bino, 3-qavat 4-kurs 1-davolash fakulteti talabalarining 423 B guruhi uchun “Infeksion endokardit” mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tadi.
Ochiq darsni 1-son fakultet va gospital terapiya, revmatologiya, kasb patologiyasi kafedrasi PhD, assistenti Berdiyeva Dilfuza Umurzoqovna olib boradi.

