2026-yil 25 mart kuni 1 – son fakultet va gospital terapiya, revmatologiya, kasb patologiyasi kafedrasining professor-o‘qituvchilari, magistr hamda 1-davolash fakulteti 4 kurs talabalari birgalikda «Toshkentdagi Islom Sivilizatsiyasi Markazi»ga ma’rifiy tashrif amalga oshirildi. Tashrifning asosiy maqsadi — talabalarning tarixiy va ma’naviy bilimlarini boyitish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish, shuningdek, Markazda namoyish etilayotgan ilmiy-ma’rifiy meros bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Markaz ekspozitsiyasi zamonaviy muzey texnologiyalari asosida tashkil etilgan bo‘lib, unda Islom sivilizatsiyasining ilmiy, madaniy va ma’rifiy taraqqiyoti bosqichlari tizimli ravishda yoritilgan.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.