Olimpiada Toshkent tibbiyot akademiyasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlik doirasida tashkil etildi. Olimpiada 05.06.2023 soat 10-00 da boshlandi. Anjumanni Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son fakultet va gospital terapiya, kasb patologiyasi kafedrasi mudiri t.f.d., professor Nabiyeva D.A. kirish so‘zi bilan ochdilar. So‘ngra kafedra professori Rizamuhamedova M.Z. ham so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad va yutuqlar tiladilar.



