
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash fakulteti hamda gospital terapiya, revmatologiya va kasb patologiyasi kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-oktabrdagi 207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni kafedra mudiri, t.f.d., professor D.A. Nabiyeva ochib berdi. Shundan so‘ng kafedra dotsenti E.R. Djuraeva hamda katta o‘qituvchi F.K. Ziyayeva Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektorining ota-onalar va talaba-yoshlarga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdilar. Unda yoshlarni giyohvandlik kabi salbiy illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda oila va ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish masalalari alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida talabalarga shifokorlik kasbi yuksak mas’uliyat, poklik va sog‘lom turmush tarziga amal qilishni talab qilishi haqida tushuntirish berildi. Yakunda talabalar mazkur murojaat yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, giyohvandlikka qarshi kurashish barchaning umumiy vazifasi ekanini ta’kidladilar.




