
Prezidentning murojaati bo‘yicha kafedra yig‘ilishi
Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqga murojaatini tinglash va tomosha qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, assistentlar va talabalar ishtirok etdi.
Asosiy yangiliklar:
-
O‘zbekiston tarixida ilk milliy sun’iy yo‘ldosh uchiriladi va birinchi o‘zbek kosmonavti fazoga jo‘natiladi.
-
Texnikum talabalari uchun stipendiya joriy qilinadi, a’lo baholarga o‘qiyotganlarga oshiriladi.
-
2026-yildan boshlab naqd pulsiz to‘lovlar kengayadi va 17 turdagi tekshiruvlarda bodi-kamera ishlatish majburiy bo‘ladi.
-
Soyadagi iqtisodiyot qisqartiriladi va davlat xizmatlarida shaffoflik ta’minlanadi.
Yig‘ilish murojaat mazmuni bo‘yicha qisqacha muhokama bilan yakunlandi.


