Kafedrada 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni kafedra mudiri Nabieva D.A. ochib berdi. Shundan so‘ng kafedra professori Rizamuxamedova M.Z. so‘zga chiqib, 14 yanvar sanasining mamlakatimiz tarixidagi o‘rni, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining shakllanishi hamda Vatan himoyachilarining yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlashdagi muhim roli haqida ma’ruza qildi.
Tadbir davomida kafedra dotsenti Xidayatova M.R. hamda assistentlar Ganiyeva N.A., Israilov A.A., Tashpulatova M.M. so‘zga chiqib, Vatan himoyachilarining jasorati, milliy armiyamizning shakllanish bosqichlari va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari haqida fikr bildirdilar.
Tadbir yakunida kafedra jamoasi tomonidan barcha erkak xodimlar Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi va unda vatanparvarlik, yurtga sadoqat kabi ezgu g‘oyalar targ‘ib qilindi.


