Kafedra tadbiri: Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan yig‘ilish

Tashkilotchilar: Nabiyeva D.A., Sagatova D.R., Pulatova Sh.B., Sultanova M.X., Shomuhitdinov Sh.Sh.
Qatnashdilar: professorlar Rizamuxamedova M.Z., Agzamova G.S.; dotsentlar Matchanov S.X., Djurayeva E.R., Abduazizova N.X., Muxammadiyeva S.M., Sultanova M.X., Midasov M.M., Xidoyatova M.R., Kenjaboyev D.K., Bekenova G.T., Pulatova Sh.B., Sagatova D.R., Abdiyeva Y.A.; katta o‘qituvchilar Ziyayeva F.K., Tashmuxamedova Sh.K.; assistentlar Berdiyeva D.U., G‘aniyeva N.A., Toshpulatova M.M., Shiranova Sh.A., Ibragimova N.U., Isroilov A.A., Shomuhitdinov Sh.Sh., Mamasidiqova S.B.; magistratura va 4-kurs davolash fakulteti talabalari.

Kun tartibi: 9 fevral – buyuk o‘zbek shoiri va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir.

Tadbir kafedra mudiri Nabiyeva D.A. tomonidan ochildi. So‘z kafedra dotsentlari Pulatova Sh.B., Sagatova D.R. va assistent Shomuhitdinov Sh.Sh.ga berildi. Ular Navoiyning hayoti, ijodi va davlat arbobi sifatidagi faoliyati haqida so‘zlab o‘tdilar.

Alisher Navoiy (1441-1501) – buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi. U chig‘atoy va fors tillarida ijod qilgan, o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyandasi hisoblanadi. Navoiy yoshligidan she’r yozgan va Xuroson hukmdori Husayn Boyqaro bilan do‘st bo‘lgan. Davlat ishlarida faol ishtirok etib, Hirotda madrasa, masjid va boshqa inshootlarni qurdirgan.

Navoiy “Hamsa” asari bilan mashhur: “Hayrat ul-Abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”. U hayotini adabiyot va siyosatni birlashtirishga bag‘ishlagan, ilm-fan va san’at rivojiga homiylik qilgan, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilgan.

Alisher Navoiyning merosi bugungi kunga qadar o‘zbek adabiyoti rivojida asosiy manba va ilhom sifatida xizmat qilmoqda.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.