
Qatnashdilar: professor Rizamuxamedova M.Z., dotsentlar: Matchanov S.X., Djuraeva E.R., Abduazizova N.X., Agzamova G.S, Sultanova M.X., Midasov M.M., Muxammadieva S.M., Xidoyatova M.R., Bekenova G.T., Kenjaboev D.K., Sagatova D.R., Pulatova Sh.B., Abdiyeva Y.A., katta o‘qituvchilar: Tashmuxamedova Sh.K., Ziyayeva F.K., Asqarov N.L. assistentlar: Berdiyeva D.U., G‘aniyeva N.A., Shiranova Sh.A., Ibragimova N.U., Isroilov A.A., Mirxamidov M.V., Tashpo‘latova M.M., Boqieva D.R., Tolipov O‘., magistr talabalari, revmatolgiya, kardiorevmatologiya va Revmatologiya markazi poliklinikasi shifokorlari
Kun tartibi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2025 yil 21 aprel kungi PF–71-son Farmoni bilan tanishish va uning mazmun-mohiyatini muhokama qilish.
Tadbirni kafedra mudiri Nabieva D.A. ochib berdilar. So‘ngra ushbu Farmonning asosiy mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Ular o‘z nutqlarida korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga, davlat boshqaruvi tizimiga hamda sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, mazkur Farmon korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiqlik, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim hujjatlardan biri ekanligini qayd etdilar.
Kafedra mudiri Farmonda belgilangan vazifalar, xususan davlat organlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari haqida batafsil tushuntirish berdilar. Shundan so‘ng tadbir davomida kafedra professor-o‘qituvchilari hamda shifokorlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Dotsent Matchanov S.X. o‘z so‘zida sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning oldini olish, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida adolat va halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilish muhim ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari o‘z kasbiy faoliyatida tibbiy etikaga amal qilishi va bemorlar bilan munosabatlarda halollik prinsiplariga qat’iy rioya qilishi zarurligini aytib o‘tdi.
Dotsent Djuraeva E.R. esa yosh mutaxassislar, magistrantlar va talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi huquqiy madaniyatni shakllantirish muhim ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, talabalarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida muntazam tushuntirish ishlari olib borish, ularni halollik, adolat va mas’uliyat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
Shifokor Alimova N.Z. ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash, talabalar bilimini baholash jarayonida adolatli va xolis mezonlardan foydalanish korrupsiyaning oldini olishda muhim omillardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Tadbir davomida magistrantlar ham o‘z fikrlarini bildirdilar. Ular korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar yoshlar uchun katta ahamiyatga ega ekanligini, ayniqsa ta’lim jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash muhimligini qayd etdilar. Shuningdek, Revmatologiya markazi poliklinikasi shifokorlari ham ushbu masala yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, tibbiy xizmat ko‘rsatishda bemorlarga nisbatan adolatli va halol munosabatda bo‘lish, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik har bir tibbiyot xodimining asosiy burchi ekanligini ta’kidlashdi.
Tadbir yakunida barcha qatnashchilar korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini, bu borada har bir xodim o‘z kasbiy faoliyatida qonunlarga rioya qilishi, halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilishi lozimligini qayd etdilar.
Qaror qilindi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 aprel kungi PF–71-son Farmoni mazmun-mohiyati kafedra professor-o‘qituvchilari, magistrantlar va shifokorlar tomonidan chuqur o‘rganilsin.
- Kafedrada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlari muntazam ravishda olib borilsin.
- Ta’lim jarayonida shaffoflik, xolislik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etish ta’minlansin.
- Talabalar, magistrantlar va yosh mutaxassislar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan davra suhbatlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilsin.
- Kafedra xodimlari o‘z faoliyatida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishlari hamda qonuniylik, halollik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilishlari belgilab qo‘yilsin.


