Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1- son fakultet va gospitalterapiya, revmatologiya, kasb patologiyasi kafedrasi PhD, dotsenti. 2000 yil 1-Toshkent davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan. So‘ngra 2002-2004 yilla roralig‘ida Toshkent tibbiyot akademiyasida “Pulmonologiya” mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturada tahsilolgan. 2006 yildan ushbu kafedrada faoliyat yuritmoqda. 2023-yilda professor D.A. Nabiyeva rahbarligida “Ankilozlovchi spondiloartritda minerallar almashinuvi buzilishining klinik-patogenetik ahamiyati va uni korreksiyalash yo‘llari” mavzusida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qildi. Chet el davlatlarida malaka oshirishgan – “Nuklear tibbiyot”, Sharqiy-Tallin markaziy shifoxonasi, Estoniya 2017 yil, “Terapevt amaliyotida yurak qon-tomir va revmatik kasalliklar tashxislashi va davolashida dolzarb masalalar” Sankt-Peterburg, Rossiya 2023 yil. Ilmiy faoliyati davomida quyidagilarga erishdi: Ilmiy maqolalar va tezislar – 40 dan ortiq. O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va risolalar – 12 ta. O‘quv qo‘llanma – 2 ta. Elektron o‘quv qo‘llanma – 1 ta. Monografiyalar – 2 ta. Mualliflik guvohnomalari, ratsionalizatorlik takliflari, uslubiy tavsiyalar, elektron hisoblash dasturlari – 20 danortiq. Kafedrada talabalar malakaviya maliyotiga, pedagoglar malaka oshirishiga va revmatologiya yo‘nalishi bo‘yicha vrachlar malaka oshirish kursi uchun mas’ul.





Recent Comments