Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-sonli fakultet va gospital terapiya, revmatologiya va kasb patologiyasi kafedrasi assistenti. 2022 yil Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy pedogogika fakultetini tamomlagan. So‘ngra 2022-2025 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-sonli fakultet va gospital terapiya, kasb patologiyasi kafedrasi negizida klinik ordinatura bosqichini “terapiya” yo‘nalishida tahsil olgan. So‘ngra Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2025-yildan 1-sonli fakultet va gospital terapiya, revmatologiya, kasb patologiyasi kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritmoqda. 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Kafedrada sayt ishlari bo’yicha mas’ul.