Revmatologlarimiz uchun yilning eng muhim yangiligi deb atalayotgan anjumanimiz o’z nihoyasiga yetdi.
Habaringiz bor, joriy yilning 17-18 mart kunlari Toshkent shahrida «International Hotel Tashkent» mehmonxonasi anjumanlar zalida “ZAMONAVIY REVMATOLOGIYA: TASHXISLASH VA DAVOLASHGA YANGICHA YONDASHUVLAR” mavzusidagi o‘zbekiston revmatologlari xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.
Anumanda juda ko’plab chet ellik mutaxassislar va yurtimizning ko’plab Revmatologlari ishtirok etishdi. Anjuman kutilganidan ham qiziqarli va eng muhimi foydali bo’lib, misli ko’rilmagan ilmiy yangiliklarga boy bo’ldi.
Аnjumanning asosiy yoʼnalishlari:
• Revmatologiyaning dolzarb muammolari;
• Revmatologik kasalliklarni zamonaviy tashxislash usullari;
• Revmatologik kasalliklarni davolashda zamonaviy innovatsion
yondashuvlar;
• COVID-19 va revmatologik kasalliklar;
• Revmatologiyada komorbidlik va mulьtimorbidlik muammolari;
• Revmatologik kasalliklarning reabilitatsiyasi va profilaktika
masalalari;
Shuningdek, anjuman quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
• Respublikamiz viloyatlari bosh mutaxassislari va revmatologiya
sohasidagi yetakchi mutaxassislar yigʼilishi.
• Yosh olimlar konkursi
• Farmatsevtika kompaniyalari mahsulotlari va tibbiy asbob-uskunalar
koʼrgazmasi.
Qisqa videolavhalar bilan tanishish uchun >>>
Anjuman haqidagi qo’shimcha ma’lumotlar uchun:
Telegram >>>
Website >>>
Youtube >>>
Qisqa videolavhalar bilan tanishish uchun >>>
Qisqa fotolavhalar: