Kafedra docenti E.R. Djuraeva tomonidan 2021 yil 25 noyabrda 1-davolash fakultetining 4 kurs 407-408 guruh talabalari bilan “Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi.
Ma’ruza 2 akademik soatga mo‘ljallangan, vaqtida boshlandi (soat 8.30 da). Ma’ruza bo‘yicha me’yoriy xujjatlar mavjud. Ma’ruza davomida ko‘rsatilgan multimediya variantidagi ko‘rgazmali materiallar sifatli tayyorlangan va mavzuning mazmunini to‘liq aks ettirdi. Ma’ruzada o‘rganilishi kerak bo‘lgan material hajmi katta bo‘lishiga qaramay, o‘qituvchi vaqtni to‘g‘ri taqsimladi, dars xronometrajiga mos.