O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-6221-sonli farmonida belgilangan talablarning ijrosini ta’minlash va Toshkent tibbiyot akademiyasida xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quv va ilmiy jarayonlarni yanada rivojlantirish maqsadida «Boʽgimsindromini qiyosiy tashxislash» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Anjumanda Sankt-Peterburg, Rossiya – FGBOU VO Rossiya Sog’liqni saqlash vazirligining I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-G’arbiy davlat tibbiyot universiteti, E.E.Ehvald nomli terapiya, revmatologiya, vaqtinchalik nogironlik ekspertizasi va tibbiy yordam sifati kafedrasi professori Trofimov Yevgeniy Aleksandrovich, 1-son fakultet va gospital terapiya, kasb patologiyasi va 1-son travmatologiya-ortopediya va harbiy dala jarroligi kafedralari professor-o‘qituvchilari, magistrantlar va klinik ordinatorlar ishtirok etishdi.