O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-6221-sonli farmonida belgilangan talablarning ijrosini ta’minlash va Toshkent tibbiyot akademiyasida xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quv va ilmiy jarayonlarni yanada rivojlantirish maqsadida «Revmatik kasalliklarni erta tashxislash va patogenetik davolashning zamonaviy aspektlari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Anjumanda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xususan, Rossiya, Ukraina va Turkiya taniqli olimlar, respublika revmatologlari, 1-son fakultet va gospital terapiya, kasb patologiyasi va 1-son ichki kasalliklar propedevtikasi kafedralari professor-o‘qituvchilari, magistrantlar va klinik ordinatorlar ishtirok etishdi.