Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-sonli fakultet va gospital terapiya, revmatologiya, kasb patologiyasi kafedrasi assistenti. 2012 yil Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy pedagogika fakultetini tamomlagan. So‘ngra 2012-2018 yillarda Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 16-sonli oilaviy poliklinikada umumiy amaliyot shifokori sifatida faoliyat yuritgan. 2019-2021 yillar oralig‘ida Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-sonli fakultet va gospital terapiya, kasb patologiyasi kafedrasi negizida “Revmatologiya” yo‘nalishida klinik ordinaturada tahsil olgan. 2021 yildan 1-sonli fakultet v agospital terapiya, kasb patologiyasi kafedrasida assistant lavozimida faoliyat yuritmoqda. 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar xamda 3 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma muallifi. Bugungi kunga qadar: «Podagra kasalligida ichak mikrobiotasining klinik-diagnostik ahamiyati» mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Kafedrada ilmiy kotiba vazifasini bajaradi.





Recent Comments