Toshkent tibbiyot akademiyasi Davolash fakulteti 1-son fakultet va gospital terapiya, kasb patologiyasi kafedrasining “Oila-jamiyatimiz poydevori” mavzusiga bag‘ishlab Olmazor tumani “Guruchariq” mahallasida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni mahalla raisi M.S.Xudoyberganov ochib berdilar va so‘zni Guruchariq MFY xotin-qizlar faoli G.R.Qosimovaga berdilar. Ular mahalladagi nizoli vaziyatlar, ajralishlar, erta nikohlarning oldini olish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, ushbu xayrli va ezgu ishlarga, shu jumladan, ko‘pni ko‘rgan onaxonlarimizni keng jalb etish bo‘yicha va yordamga muxtoj bо‘lgan oilalar haqida tо‘xtalib о‘tdilar.
Sо‘ngra sо‘z kafedra mudiri D.A.Nabiyevaga berildi va ular Respublikamizda oilaga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini, yoshlarimizni sog‘lom va mustahkam oila qurishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, bundan tashqari oila jamiyatning asosi bo‘lib hisoblanadi deb aytib о‘tdilar. Nikox o‘zi nima, u kelishuv, bitim, shartnoma, ahdnoma yoki bo‘lajak kelin-kuyov o‘rtasidagi ittifoqmi, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. “Nikoh” so‘zi arabcha bo‘lib, “qo‘shilish”degan ma’noni anglatadi. Uning lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra, nikoh bu ikki jinsdagi shaxslarning o‘zaro rozilik, ixtiyoriylik, tenglik,belgilangan nikoh yoshiga yetganlik asosida axdlashib tuziladigan ittifoqidir. O‘zR Konstitusiyasining 63-moddasida “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”, deyiladi.
Keyin so’z kafedra professori Rizamuxamedova M.Z., dotsent Xidayatova M.R., Ziyayeva F.K. va assistentlar Pulatova Sh.B., Ganiyeva N.A., Shiranova SH.A. larga berildi va ular Respublikamizda oilaga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi. Yoshlarimizni sog‘lom va mustahkam oila qurishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, bundan tashqari oila jamiyatning asosi bo‘lib hisoblanadi deb aytib o‘tishdi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasida nikoh yoshi ayollar uchun 17 yosh, erkaklar uchun 18 yosh deb belgilangan bo‘lsa-da mutaxassislar 20 yoshdan keyin nikohga kirib oila qurish maqsadga muvofiq ekanligi haqida gapirib o‘tishdi. Bundan tashqrai, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish maqsadida Prezidentimiz joriy yil 1 mart kuni “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Ushbu muhim hujjat bilan xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, joylarda esa hududiy komissiyalar tashkil etildi. Farmonda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Mamlakatimiz tarixida ilk marotaba oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Alohida davlat idorasi tashkil etilishi va unga Hukumat rahbari o‘rinbosari raislik qilishi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularni rozi qilish yo‘lidagi ishlarni yangi O‘zbekiston taraqqiyotida zamonaviy yondashu-vlar asosida samarali va manzilli amalga oshirish imkonini beradi.
Farmonga asosan, mahallalarda xotin-qizlar faoli lavozimi ta’sis etildi hamda unga ochiq tanlovlar asosida har tomonlama munosib nomzodlarni ishga qabul qilish tartibi joriy qilindi. Endilikda qariyb 9 ming 300 dan ortiq bilimdon, jonkuyar faol ayollar oilaviy munosabatlarni yaxshilash, nizoli vaziyatlar, ajralishlar, erta nikohlarning oldini olish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, ushbu xayrli va ezgu ishlarga, shu jumladan, ko‘pni ko‘rgan onaxonlarimizni keng jalb etish bo‘yicha doimiy va manzilli ishlarni olib boradi. Uchrashuv davomida mahalla fuqarolori bilan bu mavzu bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida mahalla raisi va faollari kafedra xodimlariga chuqur minnatdorchilik bildirishdi, kasbiy faoliyatida omad va zafarlar tilab qolishdi.
“Guruchariq” MFY raisi: Xudoyberganov M.S.
Kafedra mudiri, t.f.d., dotsent: Nabiyeva D.A.
Ustoz – shogird ishlari boʼyicha masʼul: Ganiyeva N.A.