Toshkent tibbiyot akademiyasi Davolash fakulteti 1-son fakultet va gospital terapiya, kasb patologiyasi kafedrasining “Ratsional ovqatlanish salomatlik garovi” mavzusiga bag‘ishlab Olmazor tumani “Guruchariq” mahallasida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni mahalla raisi M.S.Xudoyberganov ochib berdilar va so‘zni Guruchariq MFY xotin-qizlar faoli G.R.Qosimovaga berdilar.
So‘ngra so‘z kafedra mudiri D.A.Nabiyevaga berildi va ular oqilona ovqatlanish sog‘liqni asrab va mustahkamlab, tashqi muhitning zararli ta’sirlariga organizmning qarshiligini oshiradi, yuqori aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini hamda faol uzoq umr kо‘rishni ta’minlanishi, sog‘lom ovqatlanish natijasida turli xil kasalliklarni kelib chiqishini oldi olinishi haqida gapirib о‘tdilar.
Keyin so’z kafedra dotsetlari Abduazizova N.X., Matchanov S.X. va assistentlar Sagatova D.R., Aripova N.A., Akramova N.T. larga berildi va ular ovqatlanish tartibi, ya’ni kunlik yeyiladigan ovqat mahsulotlarni koloriyalari, tartibi haqida tо‘xtalib о‘tishdi.
Bu kun davomida necha marotaba, qancha vaqt oralig‘ida, qancha davomiylikda ozuqa mahsulotlari va taomlarini taqsimlash va iste’mol qilish bilan ifodalanadi. Kuniga 4 marotaba ovqatlanish tavsiya etiladi: ertalabki nonushta – 30%, tushlik – 40%, kun yarmi – 10 %, kechki ovqat – 20 % ni tashkil qilishini, organizm uchun ahamiyatli bо‘lgan moddalar, oqsil, yog‘, uglevodlarni, vitaminlar va mineral tuzlar, shuningdek suvning organizmimizda tutgan о‘rni haqida batafsil gapirib о‘tdilar. Shu bilan birga, sog‘lom ovqatlanishning 12 tamoyili haqida tо‘liq ma’lumot berishdi. Uchrashuv davomida mahalla fuqarolori bilan bu mavzu bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida mahalla raisi va faollari kafedra xodimlariga chuqur minnatdorchilik bildirishdi, kasbiy faoliyatida omad va zafarlar tilab qolishdi.
“Guruchariq” MFY raisi: Xudoyberganov M.S.
Kafedra mudiri, t.f.d., professor: Nabiyeva D.A.
Ustoz – shogird ishlari boʼyicha masʼul: Ganiyeva N.A.